«Parma» Taremiga qiziqish bildirmoqda
Фото: Getty Images
"Inter" klubi hujumchisi Mehdi Taremi Italiyaning boshqa bir jamoasiga o'tishi mumkinligi haqida Sky Sport xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 33 yoshli forvardni "Parma" o'z safiga qo'shib olmoqchi.
"Neradzurrilar" yangi mavsumda eronlik futbolchiga ishonch bildirmayapti. Taremi yozgi transfer oynasida klub bilan xayrlashishga tayyor.
Futbolchining bozor bahosi uch yarim million yevroga teng.
O'tgan mavsumda Mehdi milanliklarning 43 ta uchrashuvida maydonga tushdi. Taremi 3 ta gol va 9 ta golli pas muallifiga aylandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist