Oʻzbekiston U-17 Osiyo Kubogi yarim finaliga ishonchli yoʻl oldi, BAAni magʻlub etdi
17 yoshgacha boʻlgan yigitlar oʻrtasidagi Osiyo Kubogi chorak finalida Oʻzbekiston hamda BAA terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv yakunlandi. Oʻzbekiston terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklari jamoasini 3:1 hisobida magʻlub etib, ishonchli gʻalabaga erishdi.
Uchrashuvning barcha uchta goli birinchi boʻlimda urildi. 14-daqiqada Asilbek Aliyev BAA darvozasini ishgʻol qildi. 36-daqiqada u dubl rasmiylashtirib, ustunlikni oshirdi. Shuningdek, Sayfiddin Sodiqov 45+5-daqiqada penaltidan gol urdi. Ikkinchi boʻlimda Oʻzbekiston jamoasi bitta gol oʻtkazib yubordi — 67-daqiqada Muxammad Buti aniq zarba yoʻlladi.
Sariq kartochkalar: Ubayd Omron (12), Muhammad Nasir (45+3) — BAA; Muhammad Hakimov (66), Miraziz Abdukarimov (90+7) — Oʻzbekiston. Endi Oʻzbekiston terma jamoasi Indoneziya — Shimoliy Koreya uchrashuvi gʻolibi bilan bahslashadi.
Osiyo Kubogi U-17. Chorak final.
Oʻzbekiston — BAA 3:1
Gollar: Asilbek Aliyev (14, 36), Sayfiddin Sodiqov (45+5, pen.) — Muhammad Buti (67)