locale OZ

O‘zbekiston U-20 ayollar terma jamoasi — CAFA chempioni

Tojikiston Respublikasida tashkil etilgan CAFA U-20 Women’s Championship 2026 musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.
O‘zbekiston U-20 ayollar terma jamoasi — CAFA chempioni
photo: UFA

Tojikiston Respublikasida tashkil etilgan CAFA U-20 Women’s Championship 2026 musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning so‘nggi turida O‘zbekiston U-20 ayollar terma jamoasi mezbon Tojikiston U-20 terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, yirik 7:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning ilk bo‘limida Nargiza Mamataliyeva hisobni ochdi. Shundan so‘ng Shahzoda Alixonova raqib darvozasini ikki bor ishg‘ol qilib, jamoamiz ustunligini mustahkamladi. Taym yakunlanishi arafasida terma jamoamiz sardori Shahnoza Dekanboyeva ham o‘z nomini mualliflar qatoriga yozdirib, birinchi bo‘lim 4:0 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda ham O‘zbekiston U-20 terma jamoasi tashabbusni qo‘ldan boy bermadi. Sevinch G‘ulomova burchak to‘pidan so‘ng hisobni 5:0 ko‘rinishiga keltirdi. Oradan o‘n daqiqa o‘tib, Yodgora Yusupova penaltidan aniq zarba yo‘lladi. Uchrashuvdagi yakuniy golga esa 78-daqiqada Mariya Daxova mualliflik qildi.

Shu tariqa Viktoriya Sirota boshchiligidagi O‘zbekiston U-20 ayollar terma jamoasi musobaqani 3 uchrashuvda 7 ochko bilan yakunlab, CAFA U-20 Women’s Championship 2026 turniri g‘olibiga aylandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting