locale OZ

O‘zbekiston U-17 Ispaniyada Urugvay va Ispaniyaga qarshi o‘ynaydi

Ular Toshkentdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini yakunlab, Ispaniyaning Albir shahriga yo‘l oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston U-17 Ispaniyada Urugvay va Ispaniyaga qarshi o‘ynaydi
Фото: ЎФА

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Ispaniyada ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatiga hozirlik ko‘rayotgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Toshkentdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini yakunlab, Ispaniyaning Albir shahriga yo‘l oldi.

Sergey Chigodayev shogirdlari Ispaniyadagi yig‘in davomida ikki kuchli raqibga qarshi maydonga tushadi. Jamoa 25-avgust kuni Urugvay U-17 terma jamoasi bilan kuch sinashsa, 27-avgust kuni Ispaniya U-17 terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Ushbu uchrashuvlar O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonining bir qismi hisoblanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting