O‘zbekiston terma jamoasi Braziliyaga qarshi o‘ynamaydi
Rasm: gettyimages.com
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston va Braziliya terma jamoalari o‘rtasida 10-oktabr kuni o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tishi haqida xabarlar tarqaldi.
Biroq, O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi ushbu ma’lumotni rad etdi. Ta’kidlanishicha, terma jamoa oktyabr oyida kuchli raqiblarga qarshi maydonga tushishi kutilmoqda, biroq Braziliya bilan o‘yin bo‘yicha hech qanday kelishuv mavjud emas.
Qayd etish joizki, oktyabrgacha O‘zbekistonning Jahon chempionatida ishtirok etadimi yoki yo‘qligi ma’lum bo‘ladi. 5-iyun kuni terma jamoa BAAga qarshi hal qiluvchi o‘yin o‘tkazadi. G‘alaba yoki durang qayd etilsa, O‘zbekiston birinchi marta Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
Bakradze Iman
Redaktor