locale OZ

O‘zbekiston Kubogi yarimfinalchilari shu kunda ma’lum bo‘ladi

Qur’a tashlash marosimi "Jar" stadionida o‘tkazilib, Futbol TV orqali jonli efirda namoyish etiladi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram

O‘zbekiston futbol kubogining eng mas’uliyatli bosqichi — yarimfinal uchun qur’a tashlash aynan shu kunda amalga oshiriladi. Bu haqda O‘zPFL matbuot xizmati xabar berdi. Qur’a tashlash marosimi "Bunyodkor" — "Buxoro" o‘yini yakuniga yetgach "Jar" stadionida bo‘lib o‘tadi. Muxlislar jarayonni Futbol TV orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda kuzatishlari mumkin.

Hozircha yarimfinalda ishtirok etishi aniq bo‘lgan ikki jamoa bor: "So‘g‘diyona" va "Paxtakor". Endi ular qur’a orqali raqibini bilib oladi.

Bugun yarimfinalga so‘nggi yo‘llanmalar uchun ikki muhim bahs kutilmoqda:
• soat 18:30 da "Dinamo" — "Sho‘rtan"
• soat 19:30 da "Bunyodkor" — "Buxoro"

Kubokdagi har bir bahs muxlislarga alohida zavq ulashmoqda va bugungi natijalar yarimfinal tarkibini to‘liq belgilab beradi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting