locale OZ

O'zbekiston Kubogi. “So'g'diyona” “Qizilqum”ni mag'lub etib, 1/4 finalga yo'l oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Kubogi. “So'g'diyona” “Qizilqum”ni mag'lub etib, 1/4 finalga yo'l oldi
FОТО: FC So'g'diyona

O'zbekiston Kubogi 1/8 final bosqichidan o'rin olgan yana bir bahs “So'g'diyona” va “Qizilqum” jamoalari o'rtasida kechdi. Yakunda esa mezbonlar yirik 4:1 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvda hisob 1-daqiqadayoq Samandar Mavlonqulov tomonidan ochildi (1:0). 8-daqiqada esa Murodali Usmonov muvozanatni tikladi (1:1).

18-daqiqada Zoir Jo'raboyev jizzaxliklarni yana hisobda oldinga olib chiqdi (2:1). 50-daqiqada Stanislav Andreyev jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi (3:1)

Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda esa Xondamir Mustafoqulov ham o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi (4:1).

Shu tariqa, “So'g'diyona” turnirning chorak finaliga yo'llanma oldi.

O'zbekiston Kubogi | 1/8 final

“So'g'diyona” 4:1 “Qizilqum”

Gollar: Samandar Mavlonqulov 1' (1:0), Murodali Usmonov 8' (1:1), Zoir Jo'raboyev 18' (2:1), Stanislav Andreyev 50' (3:1), Xondamir Mustafoqulov 90+2' (4:1).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting