locale OZ

O'zbekiston Kubogi. “Qo'qon-1912” - “Bunyodkor\" o'yini g'olibi penaltilar seriyasida aniqlandi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Kubogi. “Qo'qon-1912” - “Bunyodkor" o'yini g'olibi penaltilar seriyasida aniqlandi
FOTO: UZPFL

O'zbekiston Kubogi 1/8 final bosqichidan o'rin olgan bahsda “Bunyodkor” va “Qo'qon-1912” o'zaro to'qnash keldi va yakunda toshkentliklar penaltilar seriyasida g'alaba qozondi.

Uchrashuvda hisob 45+2-daqiqada Javohir Husanov tomonidan ochildi. 49-daqiqada esa Nosirjon Abdusalomov “qaldirg'ochlar”ning javob to'piga mualliflik qildi.

Asosiy va qo'shimcha bo'limlarda hisob boshqa o'zgarmadi va tomonlar penaltilar seriyasiga murojaat qilishdi. Unda esa omad “Bunyodkor”ga kulib boqdi (5:4).

O'zbekiston Kubogi | 1/8 final

“Qo'qon-1912” 1:1 “Bunyodkor” (pen. 4:5)

Gollar: Javohir Husanov 45+2' (1:0), Nosirjon Abdusalomov 49' (1:1).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting