locale OZ

O'zbekiston Kubogi. “Qizilqum” mehmonda “Zamin”ni yirik hisobda mag'lub etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Kubogi. “Qizilqum” mehmonda “Zamin”ni yirik hisobda mag'lub etdi
FOTO: UZPFL

O'zbekiston Kubogi 2-turidan o'rin olgan bahsda “Zamin” o'z maydonida “Qizilqum”ni qabul qildi va yakunda mehmonlar yirik hisobda g'alaba qozondi.

Dastlab, hisob ikkinchi bo'lim o'rtalarida Alen Mashovich tomonidan ochildi (0:1). 89-daqiqada Fayzulloh Jumanqo'ziyev jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi (0:2).

Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda esa Roman Papariga uchrashuvga nuqta qo'ydi (0:3).

Shu tariqa, “Qizilqum” ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolari hisobini 6 taga yetkazib olib, “F” guruhida yakka karvonboshilik qilmoqda.

O'zbekiston Kubogi | 2-tur

“Zamin” 0:3 “Qizilqum”

Gollar: Alen Mashovich 71' (0:1), Fayzulloh Jumanqo'ziyev 89' (0:2), Roman Papariga 90+4' (0:3).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting