locale OZ

O‘zbekiston Kubogi prevyusi. \"Paxtakor\" - \"Nasaf\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston Kubogi prevyusi. "Paxtakor" - "Nasaf"
Photo: Pakhtakor PFC

13-may kuni "Paxtakor" O‘zbekiston kubogi 3-turida "Nasaf"ga qarshi "Jar" stadionida maydonga tushadi.

Jamoalar O‘zbekiston Kubogida jami 18 marta to‘qnash kelishgan. Ulardan 7 tasida "Sherlar" g‘alaba qozongan bo‘lsa, 5 ta bahsda durang qayd etilgan va 6 o‘yinda "Ajdarlar"ning g‘alabasi kuzatilgan.

Toshkentliklar mazkur o‘yinlarda 28 ta to‘p kiritgan holda o‘z darvozasidan 21 gol o‘tkazib yuborgan. Kubok pley-off bosqichlarida 8 to‘qnashuvning 5 tasida "Paxtakor", 3 tasida esa "Nasaf" navbatdagi bosqichga yo‘l olgan. Yana uch bahs final o‘yinida kuzatilgan, ularning ikkitasi "Sherlar"ga, yana biri qarshiliklarga nasib etgan.

"Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi bahs 13-may, seshanba kuni "Jar" stadionida soat 19:00 da boshlanadi

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting