locale OZ

O‘zbekiston kubogi. \"Paxtakor\" Riaskosning dubliga tayanib Pro-liga vakilidan ustun keldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston kubogi. "Paxtakor" Riaskosning dubliga tayanib Pro-liga vakilidan ustun keldi
Photo: Pakhtakor PFK

O‘zbekiston kubogi pley-off bosqichida “Paxtakor” klubi “JAR” stadionida “Olimpik Mobiuz”ni qabul qildi.

O‘yinda tajriba va mahorat evaziga “sherlar” 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi. Dastlab, 44-daqiqada Braian Riaskos hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay, Bunyodbek Rahimov muvozanatni tikladi. Kolumbiyalik hujumchi esa 81-daqiqada “Paxtakor”ning g‘alaba goliga mualliflik qildi.

Natijada Kamoliddin Tojiyev shogirdlari keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.

O‘zbekiston kubogi. 1/8 final

“Paxtakor” 2:1 “Olimpik Mobiuz”

Gollar: Braian Riaskos, 44 (1:0), Bunyodbek Rahimov, 66 (1:1), Braian Riaskos, 81 (2:1)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting