locale OZ

O‘zbekiston kubogi finali uchun chiptalar 26-oktabr kuni sotuvga chiqariladi

Final o‘yini uchun Liga 5 ta Iphone 17, 5 ta PlayStation 5 va 5 ta smart televizorini yutuq sifatida tayyorlab qo‘ygan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston kubogi finali uchun chiptalar 26-oktabr kuni sotuvga chiqariladi
Фото: Ўзбекистон футзали

29-oktabr kuni Andijondagi "Bobur arena"da bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston kubogining final o‘yini uchun chiptalar 26-oktabr kuni sotuvga chiqariladi.

Chiptalar ikki toifaga ajratilgan:

• 1-toifa — 100 000 so‘m (1 va 1A sektorlar);

• 2-toifa — 40 000 so‘m (qolgan barcha sektorlar).

"Paxtakor" klubi final bellashuvining nominal mezboni sifatida texnik zonaning chap qismidan joy oladi. Shundan kelib chiqib, "Paxtakor" ishqibozlariga o‘z jamoalari finalda to‘p suradigan to‘q ko‘k rangda ajratib ko‘rsatilgan sektorlardan chipta xarid qilishi tavsiya etiladi.

"Buxoro" klubi esa final uchrashuvini oq libosda o‘tkazadi. Klub muxlislariga oq ranglar bilan ajratib ko‘rsatilgan sektorlardan joy olish tavsiya etiladi.

Bunda klublarning ehtimoliy taklifiga ko‘ra, 16-sektor to‘liq holda "Paxtakor" fan-klubi uchun, 18-sektor esa to‘liq holda "Buxoro" fan-klubi uchun umumiy savdodan alohida tarzda sotilishi rejalashtirilgan. Bunday taklif bo‘lmagan holatda mazkur sektorlar chiptalari ham umumiy savdoga chiqarilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, "Andijon"dagi katta futbol oqshomiga tashrif buyuruvchilarni Liga tomonidan tayyorlab qo‘yilgan sovg‘alar kutmoqda. Chipta xarid qilgan muxlislarda yutuqli o‘yinda ishtirok etish va avvaldan belgilab qo‘yilgan sovg‘alardan biriga ega chiqish imkoni mavjud. Buning uchun muxlislardan "Bobur arena" stadioniga kirish imkoniyatini beruvchi uch katta darvozalardan kirishda chiptaning tegishli ajratib ko‘rsatilgan qismini maxsus qutiga solish so‘raladi. Keyinroq g‘oliblar shu chipta raqamlari asosida saralab olinadi.

Final o‘yini uchun Liga 5 ta Iphone 17, 5 ta PlayStation 5 hamda 5 ta smart televizorini yutuq sifatida tayyorlab qo‘ygan. G‘oliblar stadionning o‘zida aniqlanadi. Bunda omadli chipta raqamlari muxlislar guvohligida va xolis kishilar tomonidan lototron orqali aniqlanadi hamda chipta raqamlari Bobur arena tablosida aks ettiriladi. G‘olib deb topilgan chiptalar egalari bellashuvdan so‘ng stadionga yaqin joylashgan Andijon futbol assotsiatsiyasi binosida o‘z yutuqlarini qabul qilib oladi. Sizda ko‘proq chipta xarid qilish va yutuqli o‘yinda g‘olib chiqish koeffitsientini oshirish imkoniyati mavjud.

Ma’lumot uchun, chiptalar "Bobur arena" stadioni kassalarida sotiladi. Finalni tomosha qilish uchun boshqa shaharlardan tashrif buyurayotgan muxlislar @echipta_bot orqali buyurtma berishlari va keyinchalik shu buyurtma asosida "Bobur arena" stadioni kassalari yonida tashkil etilgan maxsus darcha orqali o‘z chiptalarini qo‘lga kiritishlari mumkin. Final o‘yiniga muxlislar faqatgina tegishli chipta yordamida kirishlari uchun ruxsat etiladi. Shundan kelib chiqib, bot orqali chipta xarid qilgan muxlislarga haqiqiy chiptani qo‘lga kiritish masalasini imkon qadar ertaroq hal qilish tavsiya etiladi.

"Bobur arena" stadionida chiptalar savdosi masalasi tartibli yo‘lga qo‘yilganligini inobatga olib, Liga mazkur final bellashuvi uchun chiptalar savdosi masalasida mahalliy eChipta platformasi bilan hamkorlik qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting