O‘zbekiston Kubogi finali prevyusi. «Paxtakor» - «Buxoro»
29-oktabr kuni “Paxtakor” 14-kubok sari yo‘lida Andijonda “Buxoro”ga qarshi final bahsida maydonga tushadi.
“Paxtakor” O‘zbekiston Kubogida o‘z tarixidagi 18-finalda ishtirok etadi. Raqib uchun esa bu birinchi final bo‘ladi.
Hozirgacha jamoalar kubok bahslarida 6 marta to‘qnash kelishgan. Ulardan 4 tasida “Sherlar”, 2 tasida buxoroliklar zafar quchgan. 13 ta gol urgan “Paxtakor” 5 ta gol o‘tkazib yuborgan. 1996 yili guruh bosqichida 2:0, 2008 yil nimchorak finalda 2:0 va 6:3, 2009 yil chorak finalda 3:0 hisobida jamoamiz g‘alaba qozongan. 2016 yilgi bahslarda esa “Buxoro” 1:0 hisoblarida ustun kelgan.
“Paxtakor” 4 yillik tanaffusdan so‘ng yana final bahsida maydonga qaytmoqda. Zaid Tahsin diskvalifikatsiya tufayli o‘yinda qatnasha olmaydi.
“Paxtakor” va “Buxoro” o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogi finali 29-oktabr kuni Andijondagi "Bobur Arena" stadionida soat 18:30 da boshlanadi.