locale OZ

O'zbekiston Kubogi. “Buxoro” OKMK'ni mag'lub etib, keyingi bosqichga yo'l oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Kubogi. “Buxoro” OKMK'ni mag'lub etib, keyingi bosqichga yo'l oldi
FOTO: UZPFL

O'zbekiston Kubogi 1/8 final bosqichidan o'rin olgan bahsda “Buxoro” va OKMK o'zaro to'qnash keldi va yakunda mezbonlar 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvda hisob 25-daqiqada Yosip Tomashevich tomonidan ochildi. “Buxoro” futbolchisi o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi (0:1).

Bunga javoban Javohir Ilyosov ham 31-daqiqada kutilmaganda o'z darvozasiga gol kiritib qo'ydi (1:1). 34-daqiqada Shohruz Norxonov mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi (2:1).

Birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda Asilbek Qayumov buxoroliklarning uchinchi goliga mualliflik qildi (3:1).

Shu tariqa, “Buxoro” 1/4 finalga yo'l oldi. OKMK esa Kubokdagi yurishini nimchorak finalda yakunladi.

O'zbekiston Kubogi | 1/8 final

“Buxoro” 3:1 OKMK

Gollar: Yosip Tomashevich 25' avtogol (0:1), Javohir Ilyosov 31' avtogol (1:1), Shohruz Norxonov 34' (2:1), Asilbek Qayumov 45+1 (3:1).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting