locale OZ

O'zbekiston Kubogi. “Buxoro” “Namangan FA” darvozasiga javobsiz beshta to'p kiritdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Kubogi. “Buxoro” “Namangan FA” darvozasiga javobsiz beshta to'p kiritdi
FOTO: UZPFL

O'zbekiston Kubogi guruh bosqichining 3-turidan o'rin olgan “Buxoro” va “Namangan FA” o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi va unda mezbonlar yirik 5:0 hisobida g'alaba qozondi.

Dastlab, hisob 8-daqiqada Anvarjon Jo'rayev tomonidan ochildi (1:0). 48-daqiqada esa Jo'rayev dublni rasmiylashtirdi (2:0).

58-daqiqada Bilol Tupliyev farqni uchtaga yetkazgan bo'lsa (3:0), 65-daqiqada Shohruz Norxonov jamoasining to'rtinchi goliga mualliflik qildi (4:0).

Shuningdek, 90-daqiqada Frane Ikich ham o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi (5:0).

Shu tariqa, “Buxoro” ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolari hisobini 6 taga yetkazib olib, keyingi bosqichga yo'l oldi.

O'zbekiston Kubogi | “G” guruhi, 3-tur

“Buxoro” 5:0 “Namangan FA”

Gollar: Anvarjon Jo’rayev 8' (1:0), Anvarjon Jo’rayev 48' (2:0), Bilol Tupliyev 58' (3:0), Shohroz Norxonov 65' (4:0), Frane Ikich 90' (5:0).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting