O‘zbekiston kubogi 1/8 finalida OKMK klubi o‘z maydonida «Xorazm»ni qabul qildi
O‘zbekiston kubogi 1/8 finalida OKMK klubi o‘z maydonida «Xorazm»ni qabul qildi. Bellashuv 2:1 hisobida «konchilar»ning g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Siavash Haqnazari dublga erishdi. Urganchliklar safida Umidbek Sultonov yagona golga mualliflik qildi.
Shu tariqa, Mirjalol Qosimov jamoasi chorakfinalning 7-ishtirokchisiga aylandi.
O‘zbekiston kubogi. 1/8 final
OKMK – Xorazm 1:0
Gollar: Siavash Haqnazari, 60 penalti (1:0), Umidbek Sultonov, 86 (1:1), Siavash Haqnazariy, 90+10 penalti (2:1)
OKMK: 23.Hamidullo Abdunabiyev, 4.Mirjamol Qosimov, 5.Giorgi Papava, 6.Avazbek O‘lmasaliyev, 7.Dilshodbek Axmadaliyev, 8.Abubakr Rizo Turdialiyev, 9.Aziz Xolmurodov, 17.Nodirbek Abdurazzoqov, 19.Ahmadullo Muqumjonov, 27.Urosh Koyich, 88.Siavash Haqnazariy
Xorazm: 77.Umidjon Ergashev, 5.Abbosjon Otaxonov, 6.Nurjahon Muzaffarov, 9.Sardor Azimov, 10.Rafael Tavares, 12.Maksim Shiryayev, 22.Sunnatulloh Hamidjonov, 34.Suhrob Izzatov, 79.Azizjon Ahrorov, 88.Abror Xo‘sinov, 96.Rafael Sabino Dos Santos.