locale OZ

O'zbekiston FIFA reytingida ko'tarildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston FIFA reytingida ko'tarildi
FOTO: UzbekistanFA
JCH. Saralash. Osiyo
10.06.2025, Yak.
O‘zbekiston
3
Qatar
0

O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 saralashi 3-bosqichining so‘nggi turida Qatarni mag‘lub etgach (3:0), FIFA reytingida 2-pog‘onaga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi.

Kechagi g‘alaba bizga 13,40 ballni taqdim etdi. Natijada reytingdagi ochkolarimiz 1449.12 ballga yetdi. Shu tariqa, O‘zbekiston 55-o‘ringa chiqib oldi.

Qatar esa 13,40 ball yo‘qotdi va 1459.85 ball bilan 53-o‘ringa tushib ketdi (Qatar 9-turda Eronni mag‘lub etganidan so‘ng 55-dan 50-pog‘onaga ko‘tarilgandi).

Osiyo jamoalari orasida O‘zbekiston 6-o‘rinni egallab turibdi.

Osiyo terma jamoalarining avvalgi oydagi reytingi nisbatan o‘rni va ochkolari o‘zgarishi (top-10):

16 (-1). Yaponiya - 1,641.24 (-11.40)

20 (-2). Eron - 1,624.30 (-13.09)

23. J.Koreya - 1,587.08 (+12.15)

24 (+2). Avstraliya - 1,578.63 (+24.08)

53 (+2). Qatar - 1,459.85 (+3.27)

55 (+2). O‘zbekiston - 1,449.12 (+12.10)

58. Saudiya Arabistoni - 1,421.48 (+2.52)

59. Iroq - 1,416.99 (+3.59)

64 (-2). Iordaniya - 1,385.54 (-3.61)

66 (-1). BAA - 1,379.85 (-2.85)

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting