locale OZ

JCh-2026. O'zbekiston o'z maydonida Qatarni yanchib tashladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCh-2026. O'zbekiston o'z maydonida Qatarni yanchib tashladi
FOTO: UzbekistanFA
JCH. Saralash. Osiyo
10.06.2025, Yak.
O‘zbekiston
3
Qatar
0

Hozirgina JCh-2026 3-saralash bosqichining so'nggi turidan o'rin olgan bahsda O'zbekiston milliy terma jamoasi o'z maydonida Qatarga qarshi bahs olib bordi va yakunda yirik 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

Dastlab, hisob 28-daqiqada Azizbek Turg'unboyev tomonidan ochildi. Futbolchimiz o'ng qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirib, yaqin burchakni aniq nishonga oldi.

86-daqiqada esa Eldor Shomurodov termamizning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Jamshid Iskanderov tomonidan uzatilgan to'pni mahorat bilan o'ziga bo'ysindirib, raqib darvozasiga joylab qo'ydi.

Shuningdek, 90+2-daqiqada aynan Shomurodovning o'rniga maydonga tushirilgan Igor Sergeyev to'pga birinchi teginishidayoq o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.

Shu tariqa, O'zbekiston ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolari hisobini 21 taga yetkazib oldi.

JCh-2026 saralashi, 3-bosqich | “A” guruhi

O'zbekiston 3:0 Qatar

Gollar: Azizbek Turg'unboyev 28', Eldor Shomurodov 86', Igor Sergeyev 90+2'.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting