O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo o‘yinlaridagi raqiblarini bildi
Bugun mazkur nufuzli musobaqaning ayollar futboli bahslari uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
photo: Ayollar futboli
Joriy yilning 19-sentabridan 4-oktabriga qadar Yaponiyaning Aichi–Nagoya shaharlarida XX Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Bugun mazkur nufuzli musobaqaning ayollar futboli bahslari uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi "G" guruhidan joy oldi. Vakillarimiz guruh bosqichida Xitoy, Gonkong va Filippin terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, Osiyo o‘yinlarining avvalgi — Xanchjou-2022 musobaqasida O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi tarixiy natija qayd etib, 4-o‘rinni egallagan edi. Endilikda jamoamiz ushbu muvaffaqiyatni yanada yaxshilashni maqsad qilgan.
Ibrohim Jalolov
Redaktor