locale OZ

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo Kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo Kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Photo: UFA

Osiyo Kubogi saralash bosqichidan o‘rin olgan "F" guruhi o‘yinlari Toshkentda bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bugun Nepalga qarshi hal qiluvchi bahsni o‘tkazdi.

Har ikki jamoa dastlabki 2 ta turda o‘z raqiblarini yirik hisobda mag‘lub etgan bo‘lib, to‘plar farqi ham bir xil edi — 17-0.

O‘yinda vakillarimiz 3:1 hisobida oldinda borayotganiga qaramay, yakunda bu ustunlikni saqlab qola olmadi. Nepal futbolchilari ketma-ket ikkita gol urib, hisobni tenglashtirishdi.

Shu tariqa, asosiy vaqt 3:3 hisobida yakunlandi. Natijada, reglamentga ko‘ra, ko‘rsatkichlari bir xil bo‘lib qolgan ikki jamoa so‘nggi turda o‘zaro to‘qnash kelgani uchun penaltilar seriyasida yo‘llanma egasi aniqlandi. Unda omad O‘zbekiston tomonida bo‘ldi. Nepalning birinchi futbolchisi darvoza ustuniga to‘p yo‘llagan bo‘lsa, so‘nggi zarbani Jonimqulova qaytardi. Penaltilar seriyasi — 4:3.

Shu tariqa, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 23 yillik tanaffusdan so‘ng Osiyo Kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Osiyo Kubogi saralashi. "F" guruhi, 3-tur
O‘ZBEKISTON - NEPAL - 3:3 (asosiy vaqt)
Gollar: Diyoraxon Habibullayeva (3), Lyudmila Karachik (10), Maftuna Shoimova (39) — Sabitra Bhandari (24, 71)
Chetlatish: Nozimaxon Ergashyeva (45+4)
Penaltilar seriyasi — 4:3

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting