locale OZ

“Oviedo” Rondonning transferini e’lon qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Oviedo” Rondonning transferini e’lon qildi
Photo: Getty Images

Venesuela terma jamoasi hujumchisi Xose Salomon Rondon Ispaniyaning “Oviedo” klubiga o'tdi.

Qayd etilishicha, 35 yoshli futbolchi La Ligaga qaytgan klub bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Tajribali hujumchi avvalroq Meksikaning “Pachuca” jamoasida ikki mavsum to'p surib, 70 ta o'yinda 36 ta gol urgan. U AQShdagi klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ham ishtirok etib, jamoasi bilan guruh bosqichidayoq turnirni tark etdi.

Rondon faoliyati davomida La Ligada ikki jamoada o'ynagan. Shuningdek, “River Plate”, “Everton”, “Nyukasl”, “Vest Bromvich”, “Zenit” va “Rubin” klublarida ham to'p surgan.

“Oviedo” esa o'tgan mavsumni Segunda divizionida o'tkazib, yakunda La Ligaga qaytdi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting