locale OZ

Osiyo kubogi U-17. O'zbekiston chorakfinalda Janubiy Koreyani mag'lub qildi

Saudiya Arabistonida o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogida chorakfinal bahslari davom etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Osiyo kubogi U-17. O'zbekiston chorakfinalda Janubiy Koreyani mag'lub qildi
photo: UFA
AFC U17 Asian Cup
16.05.2026, Yak.
O‘zbekiston (U17)
2
Janubiy Koreya (U17)
2

Saudiya Arabistonida o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogida chorakfinal bahslari davom etmoqda.

O'zbekistonlik o'smirlar koreyalik tengqurlari bilan chorakfinalda kuch sinashdi. Uchrashuvning asosiy daqiqalar 2:2 hisobidagi jangovor durang bilan yakunlandi.

Penaltilar seriyasida esa O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi sovuqqonlik bilan harakat qildi. Futbolchilarimiz barcha zarbalarni aniq amalga oshirgan bo‘lsa, Janubiy Koreya bir marta xatoga yo‘l qo‘ydi. Shu tariqa, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi dramatik bahsdan keyin yarim finalga yo‘l oldi.

Chigodayev jamoasi yarim finalda Yaponiyaga qarshi maydonga chiqadi. O‘yin 19 may kuni Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi.

Osiyo kubogi U-17. 1/4 final
O‘zbekiston — Janubiy Koreya 2:2
Penaltilar seriyasi — 5:3.
16 may. Jidda. «King Abdullah Sportc City Training Stadium»
Gollar: Ahror Ravshanbekov (41, 45+2) — Mun Di Hvan (22), An Sun Hyun (88).
O‘zbekiston U-17 — Olim Shomurodov (Abdulboriy Zoidjonov, 90+5), Muhammad Hakimov, Amirxon Erkinov, Islom Ravshanov, Mirkomil Murodov (Muhammad Mamatov, 62), Suhrob Sadirjonov (Mashhur Abdusoliyev, 74), Mirjamol Anvarov, Adis Abdunabiyev (Jahongirmirzo O‘ktamboyev, 74), Ahror Ravshanbekov, Laziz Abduraimov (Rustam Aliyev, 62), Abubakr Rahimov.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting