locale OZ

Oʻrtoqlik oʻyini. O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Venesuela bilan durang oʻynadi

Islom Ismoilov shogirdlari navbatdagi oʻyinda Kot-d'Ivuarga qarshi maydonga tushadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oʻrtoqlik oʻyini. O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Venesuela bilan durang oʻynadi
FOTO: Getty Images

Islom Ismoilov boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi oʻrtoqlik uchrashuvi doirasida Venesuela bilan bahs olib bordi va yakunda 1:1 hisobida durang natija qayd etildi.

Dastlab Venesuela David Garsiyaning 29-daqiqadagi goli evaziga oldinga chiqib olgandi. Biroq 86-daqiqada Nurbek Sarsenbayev muvozanatni tikladi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi oʻzining navbatdagi oʻyinini 23 oktyabr kuni Kot-d'Ivuarga qarshi oʻtkazadi.

Xalqaro oʻrtoqlik oʻyini

Oʻzbekiston U-17 — Venesuela U-17 1:1

Gollar: Sarsenbayev (86) — Garsiya (29).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting