locale OZ

O‘rtoqlik o‘yini. Messining xayrlashuv bahsida Argentina Benin ustidan g‘alaba qozondi

Argentinalik hujumchi milliy jamoadagi so‘nggi bahsida gol urib, yana ikkita golli uzatma muallifiga aylandi.
O‘rtoqlik o‘yini. Messining xayrlashuv bahsida Argentina Benin ustidan g‘alaba qozondi
photo: gettyimages
Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
06.10.2026, Yak.
Argentina
3
Benin
0

O‘rtoqlik o‘yini. Messining xayrlashuv bahsida Argentina Benin ustidan g‘alaba qozondi

Argentinalik hujumchi milliy jamoadagi so‘nggi bahsida gol urib, yana ikkita golli uzatma muallifiga aylandi.

Argentina milliy jamoasi Beninga qarshi o‘rtoqlik bahsida 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Buyenos-Ayresdagi «Monumental» stadionida o‘tgan bellashuv Lionel Messi uchun milliy jamoadagi so‘nggi bahs bo‘ldi.

Argentina hisobni 48-daqiqada Nikolas Otamendi orqali ochdi. 61-daqiqada yarimhimoyachi Niko Pas farqni oshirdi. 71-daqiqada esa Messi penaltini aniq amalga oshirib, uchrashuvdagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Messi bundan tashqari, Otamendi va Pasning gollariga golli uzatma berdi. Shu tariqa argentinalik futbolchi milliy jamoadagi so‘nggi bahsini gol va ikkita assist bilan yakunladi.

Messi Argentina milliy jamoasidagi debyutini 2005 yil avgustida Vengriyaga qarshi bahsda o‘tkazgan. U jamoa safida 208 ta bahsda maydonga tushib, 125 ta gol va 68 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Ma’lumot uchun, Messi Argentina bilan 2022 yilgi jahon chempionati, 2021 va 2024 yillardagi Amerika Kubogi hamda 2022 yilgi Finalissimada g‘olib chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, Messi 2026 yilgi jahon chempionatidan so‘ng Argentina milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlashga qaror qilganini ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan edi.

O‘rtoqlik o‘yini
Argentina — Benin 3:0
Gollar:
Nikolas Otamendi 48, Niko Pas 61, Lionel Messi 71 (pen).
Ogohlantirish: Nikolas Otamendi 44.

Argentina: Emiliano Martines — Nikolas Talyafiko (Fakundo Medina, 52), Kristian Romero (Esekiyel Palasios, 79), Agustin Xay, Nikolas Otamendi (Lisandro Martines, 52), Enso Fernandes (Franko Mastantuono, 79), Rodrigo de Paul (Niko Pas, 59), Aleksis Mak Allister (Jovanni Lo Chelso, 79), Lautaro Martines (Leonel Flores, 78), Lionel Messi, Xulian Alvares (Niko Gonsales, 60).
Benin: Marsel Dandjinu (Saturnin Allyagbe, 76), Muhammad Tijani, Liam Omore, Yohan Roshe (Samadu Attidjiku, 90), Tamimu Uuru (Jodel Dossu, 75), Yamiru Uuru (Junior Olugbade, 64), Rodolfo Aloko (Sahid Ngobi, 90), Junior Olaytan (Matteo Axlinvi, 64), Sessi D’Almeyda, Xasan Imuran (Amiro Amadu, 90), Tosin Ayegun (Sharleman Azongnilonde, 75).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting