Messi Argentina milliy jamoasi safida 46 ta jamoa darvozasini ishg‘ol qilgan
Messi Argentina milliy jamoasi safida 46 ta jamoa darvozasini ishg‘ol qilgan
39 yoshli hujumchi milliy jamoadagi debyutini 2005 yil avgust oyida Vengriyaga qarshi o‘tkazgan. U milliy jamoa safida jami 208 ta bahsda 126 ta gol va 70 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Lionel Messi Argentina milliy jamoasi safidagi so‘nggi bahsida Benin darvozasini ishg‘ol qildi. Buyenos-Ayresdagi «Monumental» stadionida o‘tgan bellashuvda mezbonlar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Messi 71-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi. Bu uning Argentina milliy jamoasi safidagi 126-goli bo‘ldi. 39 yoshli hujumchi terma jamoa safida 208 ta bahsda maydonga tushib, 70 ta golli uzatmani ham amalga oshirgan.
Ushbu bahsda Messi faqat gol urish bilan cheklanib qolmadi. Hujumchi Nikolas Otamendi va yarimhimoyachi Niko Pasning gollariga ham assistentlik qildi.
Ma’lumot uchun, milliy jamoalar safida eng ko‘p gol urgan futbolchi hamon portugaliyalik Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. 41 yoshli hujumchi Portugaliya milliy jamoasi safida 234 ta bahsda 146 ta gol urgan.
Eslatib o‘tamiz, Messi 2005 yil avgustida Vengriyaga qarshi bahsda Argentina milliy jamoasidagi debyutini o‘tkazgan. U 2026 yilgi jahon chempionatidan so‘ng milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgan.