O'Raili — APLda mavsumning eng yaxshi yosh o'yinchisi
U Krupi va Doumenni ortda qoldirdi.
ФОТО: Getty images
"Manchester Siti"ning ingliz himoyachisi Niko O'Raili Britaniyaning BBC teleradiokompaniyasi tomonidan "APLning 2025/2026 yilgi mavsum kashfiyoti" sovriniga sazovor bo'ldi.
"Bornmut"ning fransiyalik hujumchisi Eli Krupi ikkinchi o'rinni egalladi, Londonning "Arsenal" klubi a'zosi Maks Doumen esa uchinchi o'ringa joylashdi.
Joriy mavsumda O'Raili APLda "Manchester Siti" safida 34 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga beshta gol va uchta golli uzatma yozdirib qo'ydi.
Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil qiladi. Uning "shaharliklar" bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2030 yilning yozigacha amal qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist