locale OZ

Olmo «Arsenal»ning qiziqishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Transfermarkt yarim himoyachini 60 million yevroga baholamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Olmo «Arsenal»ning qiziqishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
ФОТО: Getty images

«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Daniel Olmo boshqa klublar, jumladan, Londonning «Arsenal» klubi tomonidan bo‘layotgan qiziqish haqidagi savolga javob berdi.

— Hozir transferlar davri va yana yirik klublar, masalan, Artetaning «Arsenal»i bilan bog‘liq holda Dani Olmo nomi tilga olinmoqda. «Barsa» muxlislari xavotir olishlari kerakmi?

— Yo‘q, «Barselona» muxlislari xotirjam bo‘lishlari mumkin. Men tomondan qo‘shimcha qiladigan hech narsa yo‘q.

Olmo «Barselona» safida 2024-yilning 9-avgustidan o‘ynay boshladi — shu kuni klub u bilan olti yillik shartnoma imzolaganini e’lon qildi. O‘tgan mavsumda futbolchi klub safida barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda ishtirok etdi. Uning hisobida sakkizta gol va 10 ta golli uzatma mavjud. Transfermarkt yarim himoyachini 60 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting