locale OZ

Olise «Real»ga o‘tishga tayyor – manba

Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 150 million yevroni tashkil etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Olise “Real”ga o‘tishga tayyor – manba
ФОТО: Getty images

"Bavariya" qanot hujumchisi Maykl Olise Madridning "Real" klubiga o‘tishga tayyor. Bu haqda Madrid Universal akkaunti o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida jurnalist Ramon Alvares de Mongaga tayanib xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "qaymoqranglilar" fransiyalik futbolchining ularning safiga o‘tish istagidan xabardor va shu sababli kelasi hafta uni sotib olish bo‘yicha taklif bilan chiqmoqchi.

Avvalroq "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres kelasi seshanba kuni nomi oshkor etilmagan futbolchining transferi uchun 150 million yevro taklif qilishini e’lon qilgandi. Keyinroq AS nashri bu o‘yinchi Olise ekanligini ma’lum qildi.

O‘tgan mavsumda Olise barcha musobaqalarda 52 ta o‘yinda ishtirok etib, 22 ta gol va 31 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 150 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting