locale OZ

OKMK «G‘azalkent»ga qarshi ikkala nazorat uchrashuvida ham g‘alaba qozondi

Dastlabki uchrashuv 3:1, ikkinchi nazorat bellashuvi esa 5:1 hisobida OKMK foydasiga yakunlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
OKMK «G‘azalkent»ga qarshi ikkala nazorat uchrashuvida ham g‘alaba qozondi
photo: OKMK fk

FIFA kunlari munosabati bilan chempionatlarda yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida OKMK futbol klubi Pro Liga vakili «G‘azalkent» jamoasiga qarshi 4–5-iyul kunlari ikkita nazorat uchrashuvi o‘tkazdi.

Har ikki bahsda ham «konchilar» ishonchli o‘yin namoyish etib, g‘alabaga erishdi. Dastlabki uchrashuv 3:1, ikkinchi nazorat bellashuvi esa 5:1 hisobida OKMK foydasiga yakunlandi.

Birinchi uchrashuvda Hazratjon Tursunqulov, Nodirbek Abdurazzoqov va Rian Islamov bittadan gol muallifi bo‘ldi.

Ikkinchi bahsda esa Urosh Koyich, Siavash Haqnazari raqib darvozasini bir martadan ishg‘ol qilgan bo‘lsa, Mirjamol Qosimov xet-trik qayd etib, jamoamizning yirik g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi.


Birinchi uchrashuvdagi tarkibimiz: Muhammad Ubaydullayev, Ahmadullo Muqimjonov, Abubakr Rizo Turdialiyev, Abror Sarimsoqov, Shahzod Toirov, Eldorbek Begimov, Rian Islomov, Arihiro Sentoku, Hazratjon Tursunqulov, Ali Abdurahmonov, Nodirbek Abdurazzoqov

Ikkinchi uchrashuvdagi tarkibimiz: Javohir Ilyosov, Dilshodbek Ahmadaliyev, Avazbek O’lmasaliyev, Abror Karimov, Saidafzalxon Ahrorov, Giorgi Papava, Siavash Haqnazari, Mirjamol Qosimov, Aziz Xolmurodov, Asadbek Sobirjonov, Urosh Koyich

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting