OKMK FK navbatdagi nazorat uchrashuvida «G’azalkent» jamoasini mag’lubiyatga uchratdi
Gollarga boy kechgan uchrashuv har ikki tomonning o'zaro kelishuviga binoan, 35 daqiqadan 4 ta taym davom etdi.
photo: OKMK fk
FIFA kunlari sabab yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanishni maqsad qilgan OKMK FK bugun Toshkentda «G’azalkent» jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.
Gollarga boy kechgan uchrashuv har ikki tomonning o'zaro kelishuviga binoan, 35 daqiqadan 4 ta taym davom etdi. «Konchilar» ushbu bahsda to’liq ustunlik qilib 8:1 hisobida raqibni mag’lub qildi.
Nazorat o’yini.
29-mart
«Olimpiya» mashg’ulot stadioni.
OKMK — «G’azalkent» 8:1
Gollar: Faridjon Abdullayev, Nodirbek Abdurazzoqov, Ali Abdurahmonov, Aziz Xolmurodov (dubl), Siavash Haqnazari, Hazratjon Tursunqulov, Arihiro Sentoku
Ibrohim Jalolov
Redaktor