locale OZ

OFK U-17 Osiyo chempionatining navbatdagi uchta musobaqasi Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
OFK U-17 Osiyo chempionatining navbatdagi uchta musobaqasi Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi
OFK U-17 Osiyo chempionatining navbatdagi uchta musobaqasi Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi

Joriy yil aprel oyida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan 17 yoshgacha bo‘lgan yigitlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi — futbolchilarimiz chempionlik unvonini qo‘lga kiritishdi. Turnir yakunlanganidan so‘ng Osiyo futbol konfederatsiyasining (OFK) Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilish o‘tkazib, keyingi chempionatlarning o‘tkazilishi bo‘yicha qaror qabul qildi.

Qabul qilingan qarorga ko‘ra, Saudiya Arabistoni 2026, 2027 va 2028 yillarda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi uchta U-17 Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Saudiya Arabistoni bu huquqni Xitoy va Iroq kabi nomzodlar bilan raqobatda qo‘lga kiritdi. Iroq siyosiy beqarorlik tufayli arizasini qaytarib oldi, Xitoy bilan muzokaralar esa cho‘zilib ketdi.

Natiajada, tomonlar o‘rtasida murosaga erishildi: Saudiya Arabistoni uchta ketma-ket U-17 yoshlar chempionatiga mezbonlik qiladi, Xitoy esa uchta ketma-ket ayollar o‘rtasidagi 17 yoshgacha bo‘lgan Osiyo chempionatlarini qabul qiladi.

Aprel oyidagi chempionat yuqori darajada tashkil etilgani va final bosqichining markazlashtirilgan formati OFK rahbariyatida ijobiy taassurot qoldirdi. Bu ham musobaqalar mezbonini tanlashda muhim omil bo‘ldi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting