«Nyukasl» himoyachisi jarohat oldi
22 yoshli futbolchi "Arsenal"ga qarshi bahsda jarohatlandi.
ФОТО: Getty images
“Nyukasl” bosh murabbiyi Eddie Hau jamoa himoyachisi Tino Livramentoning jarohati haqida gapirdi.
22 yoshli futbolchi “Arsenal”ga (1:2) qarshi o‘yinda tizzasidan jarohat oldi. Natijada u tibbiyot xodimlarining yordami bilan maydonni tark etdi.
"To‘g‘risi, juda xavotirdaman, chunki Livramento biz uchun muhim. Bu mavsum boshida u ajoyib edi. Tino — ajoyib o‘yinchi, shuning uchun uni yo‘qotsak, bu katta zarba bo‘ladi," — dedi Hau jurnalistlarga.
Joriy mavsumda Livramento barcha musobaqalarda 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist