locale OZ

“Nyukasl” Aleksandr Isakka o'rinbosar topdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Nyukasl” Aleksandr Isakka o'rinbosar topdi
FOTO: Football Italia

Angliyaning “Nyukasl” klubi “Fiorentina” hujumchisi Moyze Kinga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Calciomercato nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, “Nyukasl” italiyalik hujumchini yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Aleksandr Isak o'rniga olib kelmoqchi. Hozirda shvetsiyalik futbolchi uchun “Arsenal” va “Chelsi” kurash olib bormoqda.

Qayd etilishicha, Moyze Kinning florensiyaliklar bilan shartnomasidagi tovon puli 52 million yevroni tashkil qiladi, “Nyukasl” esa bu mablag'ni to'lashga tayyor.

Eslatib o'tamiz, Kin joriy mavsum boshida 13 million yevro evaziga “Yuventus”dan “Fiorentina”ga o'tgandi. U yangi jamoasi safida 34 ta o'yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting