locale OZ

Noyer: «Bu mavsum so‘nggisi bo‘lishi mumkin»

Noyerning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozida yakunlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Noyer: «Bu mavsum so‘nggisi bo‘lishi mumkin»
ФОТО: Getty images
Germaniya Superkubogi
22.08.2026, Yak.
Borussiya D
1
Bavariya
2

«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer faoliyatini yakunlash ehtimoli haqida fikr bildirdi.

40 yoshli posbon «Borussiya» Dortmundga qarshi Germaniya Superkubogi bahsidan so‘ng kelajagi haqida so‘ralganda, ushbu mavsum uning faoliyatidagi so‘nggi mavsum bo‘lishi mumkinligini tan oldi.

«Endi ushbu mavsumdan zavq olish vaqti. Keyin esa ko‘ramiz. Ammo ha, bu mening so‘nggi mavsumim bo‘lishi mumkin», — dedi Noyer.

Ma’lumot uchun, Noyerning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozida yakunlanganidan so‘ng uning kelajagi borasida turli xabarlar tarqalgan edi. Biroq darvozabon hozircha faoliyatini davom ettirishga qaror qildi.

U yangi mavsumni ham jamoa sardori sifatida boshladi va 22 avgust kuni «Borussiya» Dortmundga qarshi Superkubokda 2:1 hisobidagi g‘alabaga hissa qo‘shdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting