locale OZ

Kompani: «Barcha sovrinlarni yutishga harakat qilamiz. Maqsadimiz faqat shu»

Myunxen klubi ustozi Superkubokdagi g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kompani: «Barcha sovrinlarni yutishga harakat qilamiz. Maqsadimiz faqat shu»
ФОТО: Getty images
Germaniya Superkubogi
22.08.2026, Yak.
Borussiya D
1
Bavariya
2

"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Germaniya Superkubogi doirasida "Borussiya D" klubi ustidan qo‘lga kiritilgan 2:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

"G‘alabadan juda mamnunman. Olise va Keyn ta’tildan qaytgach, bor-yo‘g‘i uch marta mashg‘ulot o‘tkazishga ulgurgan edi. Shunga qaramay, ular maydonda 90 daqiqa harakat qildi. Futbol o‘ynagan paytlarimizda ta’tildan uch-to‘rt kilogramm ortiqcha vazn bilan qaytardik. Hozir esa futbolchilarning shaxsiy murabbiylari bor. Shu bois ular mavsumga tayyorgarlikni ajoyib jismoniy holatda boshlaydi.

Braun hamda Saybari bu mavsum bizga katta foyda olib keladi. Keyinroq safga qaytishi kutilayotgan Karl, Musiala va Gnabri ham bor.

Jamoa katta kuch va shijoat bilan harakat qildi, har bir to‘p uchun kurashdi. Ayrimlar o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatdan keyin natijalarimiz pasayishini kutayotgan bo‘lishi mumkin. Ammo biz qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilan cheklanib qolmaymiz va barcha sovrinlarni yutishga harakat qilamiz", — deya Kompani so‘zlarini Bayern & Germany nashri keltirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting