Niko Uilyams faoliyatini “Real”da davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images
Madridning “Real” klubi “Atletik” vingeri Niko Uilyamsga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, “qaymoqranglilar” shartnoma muddatidan avval bekor qilingani uchun Bilbao klubiga 58 million yevro tovon puli to'lashi kerak bo'ladi.
Ta'kidlanishicha, 22 yoshli futbolchi xarid qilinsa, Rodrigo “Qirollik klubi”ni tark etishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Uilyams joriy mavsum barcha turnirlarda 44 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 70 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist