Niko Uilyams «Barselona»dan taklif boʻlganiga qaramay, nega «Atletik»da qolganini aytdi
Ispaniyalik futbolchining Bilbao klubi bilan tuzgan shartnomasi 2035 yilda yakuniga yetadi.
FOTO: Getty Images
23 yoshli «Atletik» yarimhimoyachisi Niko Uilyams «Barselona»dan tushgan transfer taklifiga qaramay, nima uchun klubda qolishni tanlagani haqida gapirdi.
«Atletik» va Bilbao — men uchun hamma narsa. Bu klub va bu shahar uchun o‘ynash menga mehnatning, kamtarlikning va oilaning qadrini anglashga yordam berdi», — deya Niko Uilyamsning so‘zlarini keltiradi GQ Sports.
2025 yilda Uilyamsning vakili «Barselona» bilan transfer borasida muzokaralar olib borgan edi. Ammo futbolchi 2025 yil iyul oyida «Atletik» bilan shartnomasini 2035 yilgacha uzaytirdi.
Bilbao klubi safida Niko Uilyamsning akasi — 31 yoshli hujumchi Inyaki Uilyams ham to‘p suradi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist