locale OZ

Nihoyat! Vinisius Juniorga Saudiyaning qaysi klubi qiziqayotgani ma'lum bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nihoyat! Vinisius Juniorga Saudiyaning qaysi klubi qiziqayotgani ma'lum bo'ldi
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi vingeri Vinisius Junior yozgi transferlar vaqtida jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Jurnalist Ben Jeykobsning xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchiga Saudiyaning “Al-Ahli” klubi da'vogarlik qilmoqda.

Xabaringiz bor, Vinisiusga Saudiyada ancha vaqtdan beri qiziqishlar bo'layotgandi. Biroq da'vogar klubning nomni endigina ma'lum bo'ldi.

Ta'kidlanishicha, Vinisiusning o'zi “Real”da qolishni afzal ko'radi. Ammo “Ah-Ahli” ham bo'shashmoqchi emas. Saudiyaliklar yozda ushbu transferni amalga oshirmoqchi.

Ma'lumot uchun, Vinisiusning “Real” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Uning Transfermarkt'dagi narxi 200 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting