Neymar Yevropaga qaytmoqda
Braziliya terma jamoasi hamda “Santos” klubi hujumchisi Neymar faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Italiyaning “Inter” va “Napoli” klublari 33 yoshli braziliyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Neymar joriy yilning 31 dekabrida Braziliya klubi bilan amaldagi shartnomasi yakunlangach, 2025 yil qishida Yevropaga qaytishni rejalashtirmoqda. U 2026 yilgi Jahon chempionati arafasida Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga nimalarga qodir ekanligini isbotlab, milliy terma safiga qaytishga umid qilmoqda.
Futbolchi 2025 yil yanvaridan buyon Braziliyaning “Santos” jamoasida o'ynamoqda. U hozirga qadar “Santos” tarkibida 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 11 million yevroga baholagan.