locale OZ

Neymar Braziliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini tasdiqladi

U milliy jamoa safida 130 ta uchrashuvda ishtirok etib, 80 ta gol urgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Neymar Braziliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini tasdiqladi
ФОТО: Getty images

“Santos” klubi hujumchisi va Braziliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar Neymar milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaganini tasdiqladi.

“Menimcha, Braziliya terma jamoasi bilan bo‘lgan hikoyam yakunlandi. Men unga bor kuchimni, butun qalbimni va butun hayotimni bag‘ishladim. Ammo endi buni davom ettirishni istamayman”, deydi Neymar.

U milliy jamoa safida 130 ta uchrashuvda ishtirok etib, 80 ta gol urgan va Braziliya tarixidagi eng yaxshi to‘purar sifatida faoliyatini yakunladi. O‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha esa u 142 ta bahsda ishtirok etgan Kafudan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi.

Ma’lumot uchun, Neymar Braziliya terma jamoasi bilan 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlari chempioni, 2012 yilgi Olimpiada va 2021 yilgi Amerika kubogi kumush medali sohibi bo‘lgan. Shuningdek, u 2013 yilgi Konfederatsiyalar kubogida ham g‘olib chiqqan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting