locale OZ

Neymar Braziliya terma jamoasi uchun murabbiy tanladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Neymar Braziliya terma jamoasi uchun murabbiy tanladi
FOTO: Getty Images

Braziliya terma jamoasi va “Santos” klubi hujumchisi Neymar portugaliyalik mutaxassis Xorxe Jezusning terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanishiga qarshi chiqdi. Bu haqda ESPN Brazil nashri xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Braziliya Dorival Juniorni iste'foga chiqardi va yangi murabbiy qidirmoqda. Hozirda ushbu o'rin uchun “Al-Hilol” bosh murabbiyi Xorxe Jezus va “Real” ustozi Karlo Anchelotti asosiy nomzod sifatida ko'rilmoqda.

Manbaga ko'ra, Neymar Jezusni jamoada ko'rishni istashmayapti. Ma'lumotlarga qaraganda, u Anchelotti nomzodini qo'llab-quvvatlamoqda.

Eslatib o'tamiz, Neymar 2025-yilning yanvar oyida “Al-Hilol”ni tark etib, “Santos” safiga borib qo'shilgandi. Hujumchi saudiyaliklar safida 18 oy davomida bor-yo'g'i 7 ta o'yinda maydonga tushdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting