locale OZ

Neymar boldir mushagidagi og‘riq sabab tibbiy ko‘rikdan o‘tgan

Braziliya milliy jamoasi hujumchisi yaqin kunlardagi o‘rtoqlik uchrashuvlarida jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda Globo xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Neymar boldir mushagidagi og‘riq sabab tibbiy ko‘rikdan o‘tgan
photo: gettyimages

Braziliya milliy jamoasi hujumchisi Neymar yaqin kunlardagi o‘rtoqlik uchrashuvlarida jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda Globo xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 34 yoshli futbolchi boldir mushagidagi og‘riq sabab tibbiy ko‘rikdan o‘tgan.

Qayd etilishicha, Braziliya futbol konfederatsiyasi tekshiruv natijalarini rasman oshkor qilmagan.

Biroq Neymar jarohati sabab Panama va Misrga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi aytilmoqda.

Braziliya milliy jamoasi: 1 iyun kuni Panama, 6 iyun kuni esa Misr bilan bahs olib boradi. Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 11 iyun kuni start oladi.

Braziliya milliy jamoasi guruh bosqichida Marokash, Haiti va Shotlandiyaga qarshi maydonga tushadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting