\"Neom\" Bulkani transferini e'lon qildi
Photo: Getty Images
"Nissa" darvozaboni Marcin Bulka faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.
25 yoshli polyak kiperi "Neom" klubi bilan shartnoma imzoladi.
Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
O‘tgan mavsumda Bulka “Nissa” safida 40 ta o‘yin o‘tkazdi, ularda 55 ta gol o‘tkazib yubordi va 8 marta darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.
Avvalroq “Neom” Aleksandr Lyakazett bilan ham shartnoma imzolagandi. Shuningdek, fransiyalik mutaxassis ham jamoa ustozi bo‘ldi.
Bahrom Bobonov
Redaktor