locale OZ

\"Nasaf\" yetakchilaridan biri 311 kundan so‘ng yashil maydonga qaytdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Nasaf" yetakchilaridan biri 311 kundan so‘ng yashil maydonga qaytdi
PHOTO: championat azia

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Nasaf" klubi himoyachisi Alibek Davronov nihoyat jarohatidan qutuldi. Sports24.uz ma'lumotlariga ko‘ra, u O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi 1-turi doirasidagi "Nasaf" - "Navoiy FA" uchrashuvini asosiy tarkibda boshlaydi.

22 yoshli futbolchi o‘tgan yil yozda oyog‘ini operatsiya qildirgan edi. Davronov uchun oxirgi rasmiy bahs 2024 yil 2 iyun sanasida "Lokomotiv"ga qarshi bo‘lgandi. Oradan 10 oy, 7 kun (311 kun) o‘tib Alibek yana yashil maydonga qaytmoqda.

Ma'lumot uchun, Davronov aynan shu jarohat tufayli Parijdagi Olimpiadadan chetda qolgan edi.

Farhod Fayziyev
Farhod Fayziyev
Ekspert
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting