locale OZ

«Napoli» – Italiya Superkubogi sohibi

David Neres dublga erishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Napoli” – Italiya Superkubogi sohibi
ФОТО: Getty images

Italiya Superkubogi final uchrashuvi “Napoli” va “Bolonya” jamoalari o‘rtasida yakunlandi.

Bellashuv Saudiya Arabistonining Er-Riyod shahridagi “Al-Avval Park” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda Neapol klubi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

“Napoli”ning qanot hujumchisi David Neres uchrashuvning 39-daqiqasida hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda esa Neres 57-daqiqada dublini rasmiylashtirdi.

Italiya Superkubogi yarim finalida “Napoli” “Milan”ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, “Bolonya” “Inter”ni (1:1, penaltilar seriyasida 3:2) ortda qoldirgan edi.

Qayd etish joiz, Italiya Superkubogida eng ko‘p g‘alaba qozongan jamoa Turinning “Yuventus”i bo‘lib, bu sovrinni to‘qqiz marta qo‘lga kiritgan.

Italiya Superkubogi. Final

Napoli 2:0 Bolonya

Gollar: Neres 39, 57

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting