MYUni qishda ikki futbolchi tark etish arafasida
Amorim bu o'yinchilarning ketishiga qarshi emas.
ФОТО: Getty images
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim yarim himoyachi Kobbi Maynou va hujumchi Joshua Zirkzi yanvar oynidagi transfer oynasida boshqa jamoaga yo'l olishiga qarshi emas, deya xabar berdi Daily Mail nashri.
Manba bergan xabarga ko'ra, "qizil iblislar" o'tgan yozda Maynuning ijaraga berish talabini rad etgan. Zirkzee esa o'ynagan vaqtidan norozi ekanini bildirdi. Har ikki futbolchi JCH-2026 yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun muntazam o'ynamoqchi.
Maynou joriy mavsumda “Manchester Yunayted” safida barcha musobaqalarda 228 daqiqa o'ynadi. Zirkzee esa barcha musobaqalarda 90 daqiqa o'ynadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist