locale OZ

MYU Yevropa Ligasida g'alaba chiqsa, 100 million funtga futbolchi sotib olmoqchi

Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
MYU Yevropa Ligasida g'alaba chiqsa, 100 million funtga futbolchi sotib olmoqchi
FOTO: Getty Images

“Manchester Yunayted” agarda Yevropa Ligasida g'alaba qozonib, Chempionlar Ligasiga yo'llanma olsa “Sautgempton”ning 19 yoshli vingeri Tayler Diblingni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Sautgempton” angliyalik futbolchining transferi uchun 100 million funt so'raydi. Agar “qizil iblislar” keyingi mavsum YChL'ga yo'llanma olsa, kamida 80 million funt ishlab oladi. Ular bu pulni Diblingni sotib olish uchun ishlatishi mumkin.

Ma'lumot uchun, Dibling joriy mavsum barcha turnirlarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 25 million yevroga baholanmoqda.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting