«MYU» Retegiga jiddiy qiziqish bildirmoqda
Ingliz klubi futbolchi uchun 60 million yevrogacha mablag' sarflashga tayyor.
ФОТО: Getty images
"Manchester Yunayted" klubi "Al-Qodisiya" hujumchisi Mateo Retegiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Fichajes xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 26 yoshli italiyalikning transferi 2026 yilning yozida amalga oshishi mumkin. Ingliz klubi futbolchi uchun 60 million yevrogacha mablag' sarflashga tayyor.
"Qizil iblislar" hujumdagi muammolarni Mateo bilan hal qilishni rejalashtirmoqda.
Retegi "Al-Qodisiya"ga 2025 yilning iyulida "Atalanta"dan kelib qo'shilgan. U joriy mavsum barcha musobaqalarda beshta o'yinda uchta gol urdi. Transfermarkt uning qiymatini 45 million yevrogacha baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist