MYU Reshfordni “Aston Villa” hujumchisiga almashtirishi mumkin
FOTO: Getty Images
“Manchester Yunayted” “Aston Villa” hujumchisi Olli Uotkinsga qiziqish bildirmoqda va uni Markus Reshfordga almashtirish variantini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Daily Star nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, “qizil iblislar” Reshford bilan birga Birmingem klubiga katt miqdorda pul ham taklif qilishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Markus Reshford o'tgan qishki transferlar vaqtida ijara asosida “Aston Villa”ga o'tgandi. Bitim joriy mavsum oxiriga qadar amal qiladi.
Ma'lumot uchun, Uotkins joriy mavsum barcha turnirlarda 48 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 50 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist