locale OZ

MYU Onana o'rniga ideal nomzod topdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
MYU Onana o'rniga ideal nomzod topdi
FOTO: Getty Images

“Manchester Yunayted” “Aston Villa”ning 32 yoshli darvozaboni Emiliano Martinesga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, mankunianliklar transfer uchun 47 million yevro to'lashi mumkin. Hozirda kelishuv dastlabki bosqichda. Martinesning o'zi esa faoliyatini MYU'da davom ettirishga qarshi emas.

Ma'lumot uchun, argentinalik posbon 2020-yildan buyon “Aston Villa” safida o'ynab kelmoqda. U o'tgan mavsum barcha turnirlarda 53 ta o'yinda maydonga tushib, 16 tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting